"Arsenal"ni tark etayotgan Edu Gaspar birdaniga 3ta klubni boshqaradi va maoshi 3 baravar oshadi

Aslanov Jasurbek
4 noya 2024, 22:13
Edu Gaspar "Nottingem Forest" rahbari bilan hamkorlikda ishlaydi.

Oldinroq, braziliyalik Gaspar "Arsenal" sport direktori lavozimini tark etishi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

Edu Gaspar "Nottingem" egasi Evangelos Marinakis va uning klublar tarmog'i bilan ishlaydi.

Mutaxassisning yangi mansabi ma'lum emas, ammo u barcha klublar tizimi rivojlanishida ishtirok etadi.

Eduning maoshi uch baravar oshadi.

Eslatib o'tamiz, Marinakis "Olimpiakos", "Riu Ave" va "Nottingem Forest" klublarining egasi hisoblanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail