"Arsenal" "Zenit" futbolchisiga qiziqmoqda

10 avg 2020, 02:03
"Zenit" yarim himoyachisi Vilmar Barrios Londonning "Arsenal" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan, deya xabar qildi jeunesfooteux.com.

Avvalroq kolumbiyalik xavbekka "Milan" va "Nyukasl" jamoalari davogarlik qilayotgani to'g'risidagi yangiliklar ham tarqalgan edi. Sankt-Peterburg klubi bosh direktori Aleksandr Medvedev esa 26 yoshli futbolchi har qanday holatda ham sotilmasligini takidlagan.

Ma'lumot uchun, Barrios "Zenit" tarkibiga 2019 yilda Argentinaning "Boka Xuniors" jamoasidan kelib qo'shilgan edi.


Manba: jeunesfooteux.com