"Arsenal" yaqin vaqtlar ichida Smit-Rou bilan shartnomani uzaytiradi

Mirjalol Normatov
17 iyul 2021
"Arsenal"ning xavbek Emil Smit-Rou bilan muzokaralari ijobiy tarzda davom etmoqda.

"Goal" xabariga ko'ra, tomonlar shartnomani uzaytirish borasida kelishib olishgan. Smit-Rouning amaldagi kelishuvi 2023 yilda yakuniga etadi. Yangi kelishuv esa 2026 yilga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq futbolchi uchun "Aston Villa" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani va klub u uchun 30 mln evro taklif qilgani aytilgandi.

O'tgan mavsumda futbolchi APLning 20 o'yinida 4 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal