"Arsenal" Vengerga haykal qo'yadi

Sherzod Nurmatov
6 iyul 2023
"Arsenal" "kanonirlar"ning g'alaba qozongan mavsumining 20 yilligi munosabati bilan "Emireyts" stadioni tashqarisida klubning sobiq bosh murabbiyi Arsen Vengerga haykal o'rnatmoqchi.

Jamoa 2003/04 yilgi mavsumda butun mavsum davomida turnirda birorta ham mag'lubiyat alamini totib ko'rmay, Angliya chempioniga aylangan.

Ma'lum qilinishicha, Venger oilasi, do'stlari va London klubi chempion futbolchilari bilan birga ochilish marosimida ishtirok etadi.

Dennis Bergkamp, Toni Adams, Terri Anri va Gerbert Chepmenning haykallari allaqachon "Arsenal"ning uy stadioni tashqarisiga o'rnatilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com