"Arsenal" va "Tottenxem" polshalik hujumchiga qiziqmoqda

Alisher
11 mar 2020
"Napoli" hujumchisi Arkadiush Milik faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"Arsenal" va "Tottenxem" 26 yoshli forvard bilan yozda shartnoma imzolashmoqchi.

Ingliz klubi vakillari o'yinchining A Seriyadagi o'yinchilarini bir necha bor kuzatishgan.

Polshalik hujumchining transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda.

Milik joriy mavsum "Napoli" libosida A Seriyada 16ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Talksport