"Arsenal" va "Manchester Yunayted" APLda o'ynayotgan xavbekning transferini ko'rib chiqmoqda

Sherzod Nurmatov
10 fev 2026
Klublar katta mablag' sarflashga tayyor.

"Arsenal" va "Manchester Yunayted" Italiya terma jamoasi hamda "Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonalini transfer qilish imkoniyatini o'rganmoqda.

"Arsenal" transfer bozorida juda faol bo'lib qolmoqda va yaqindagi yirik xaridlardan keyin ham to'xtab qolishni rejalashtirmayapti. Londonliklar yozda "Nyukasl" yarim himoyachisini safiga qo'shib olmoqchi.

"Tuttosport" ma'lumotlariga qaraganda, "kanonirlar" Angliyada eng yaxshi mavsumlaridan birini o'tkazayotgan italiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, "Manchester Yunayted" ham o'yinchiga qiziqish bildiryapti.

Qayd etish joiz, Tonali joriy mavsum 37 o'yin o'tkazib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "hakkalar" bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi, bu esa ehtimoliy transfer katta mablag' talab qilishini anglatadi - "Nyukasl" futbolchini 100 mln funtga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttosport