"Arsenal" va "Manchester Yunayted" 18 yoshli futbolchi uchun kurashmoqda

Narzulla Saydullayev
15 fev 2015
"Nottingem Forrest" hujumchisi Tayler Uoker premer-liga klublari qiziqishiga sabab bo'ldi, deb xabar bermoqda Sunday People nashri.
18 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari qiziqib qolishdi. U yoshlar o'rtasidagi Angliya kubogi doirasida "Blekbern"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi.

Tayler Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Des Uokerning o'g'li hisoblanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru