

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, London klubi 28 yoshli futbolchining transferi bo'yicha "Brayton" bilan muzokaralarga kirishgan – ular allaqachon yuqori bosqichda. "Arsenal" yarim himoyachining transferi bo'yicha rasmiy taklif tayyorlagan.
Trossard bilan shaxsiy bitim shartlari kelishib olindi. Muzokaralar davom etmoqda, tomonlar kelishuvni tez orada yakunlamoqchi.
Avvalroq belgiyalik murabbiy Roberto De Dzerbi bilan mojaro tufayli "Brayton"ni tark etishi mumkinligi ma'lum bo'lgandi.
Trossard joriy mavsum APLda 16 ta o'yinda qatnashib, 7 ta to'p kiritdi – bu jamoadagi eng yaxshi natija.



