"Arsenal" Tirni bilan shartnomaning uzaytirilganligini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
26 iyun 2021
"Arsenal" chap qanot himoyachisi Kiran Tirni klub bilan shartnomasini uzaytirdi.

24 yoshli shotlandiyalik "kanonirlar" bilan kelishuvini 2026 yilga qadar uzaytirdi. Tomonlarning oldingi kelishuvi 2023/24 yilgi mavsumga qadar davom etishi kerak edi.

Tirni 2019 yildan buyon "Arsenal" tarkibida o'ynamoqda. U jamoasi tarkibida 62 o'yinda qatnashib, 3 gol va 9 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/Arsenal