

APLdagi debyutini Nottinghem Forestga qarshi bahsda o'tkazgan 22 yoshli niderlandiyalik himoyachi 2-bo'limning boshida jarohat sababli o'yinni davom ettira olmadi.
The Athletic xabariga ko'ra, Timberning xochsimon paylari uzilgan va u katta ehtimol bilan uzoq muddatga safdan chiqqan.
Ma'lumot uchun, kanonirlar Timberni 40+5 mln evro evaziga Ayaksdan transfer qilgandi.



