"Arsenal" himoyachisi olti oylik tanaffusdan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi

Khoja
29 fev 2024, 10:35
"Arsenal" klubi himoyachisi Yurrien Timber o'ng tizzasining xochsimon bog'lami shikastlangani sabab uzoq muddatga safdan chiqqandi.

Himoyachi kechadan boshlab asosiy tarkib bilan mashg'ulot olib bormoqda. 

Ma'lumot uchun, Timber APL birinchi turidan o'rin olgan "Nottengem"ga qarshi uchrashuvda jarohat olib, maydonni erta tark etgandi.

London klubi himoyachi bilan iyul oyida shartnoma imzolagandi. Transfer narzi 40+5 mln evroni tashkil qilgan.


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru