"Arsenal" tez orada Martinelli bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlaydi

Alisher
19 dek 2021
"Arsenal" forvardi Gabriel Martinelli klub bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

London klubi 20 yoshli braziliyalik bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni yaqin haftalarda boshlaydi. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Martinelli joriy mavsum 14ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 22 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira