"Arsenal" suv idish otgan muxlisni izlayapti

Aslanov Jasurbek
20 dek 2018, 13:12
"Tottenxem"ga qarshi Angliya liga Kubogi 1/4 final bahsidan so'ng "Arsenal" maydonga suv idish otgan muxlisni aniqlash uchun stadiondan olingan videolavhalarni o'rganmoqda.

"Emireyts" stadionida bo'lib o'tgan bahs 0:2 hisobida mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.

"Shporlar" safida Son Xyon Min va Dele Alli gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi taym o'rtalarida "Arsenal" muxlislaridan biri maydonga suv idish uloqtirdi va u Allining boshiga tegdi. Dele tezda ishqibozlarga o'girilib, barmoqlari yordamida hisob 2:0 ekanligini ko'rsatdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Shropshire Star