

“Bu haqiqat, Messini “Barselona” akademiyasida bo'lganida sotib olishni tavsiya qilganman. Bizning bazamizda bo'lgan Pikeni ham.
Nega o'xshamadi? Messi bilan bog'liq vaziyat ko'ngildagidek emasdi va u Britaniyada ishlash uchun ruxsatnoma ega bo'lolmasdi. O'sha paytda uning vakili bo'lgan Orasio Gajoli bilan bir necha uchrashuvlar o'tkazganman, ammo bu amalga oshmadi.
Pikening transferi esa murakkab byurokratik muammo tufayli amalga oshmadi. Yakunda esa biz “Barselona” akademiyasining yorqin avlodidan Sesk Fabregas bilan shartnoma imzoladik”, deydi skaut.



