"Arsenal" sobiq hujumchisi Xitoy ikkinchi divizioni klubi bilan shartnoma imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
5 mar 2024
Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Yaya Sanogo Xitoy birinchi divizioniga chiqqan "Cindao Red Layons" bilan shartnoma imzoladi.

Yanvar oyi oxirida fransiyalik 2023 yil boshidan beri o'ynab kelayotgan "Urartu" klubini tark etdi.

O'tgan mavsum yakuniga ko'ra, "Cindao Red Layons" Ikkinchi ligada 4-o'rinni egalladi va bitta divizion yuqoriga ko'tarildi.

Eslatib o'tamiz, forvard 2013 - 2017 yillar davomida "Arsenal" sharafini himoya qilgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: talksport.com