"Arsenal" sobiq futbolchisining o'g'li "Chelsi"ga o'tmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
29 noya 2024
"Arsenal"ning sobiq himoyachisi Emmanuel Ebuening 15 yoshli o'g'li Matis Ebue "Chelsi"ga o'tishga yaqin turibdi.

Emmanuel Ebueni "Arsenal" muxlislari yaxshi eslashsa kerak. O'z vaqtida u qanot himoyasidagi ishonchli o'yinlari bilan klub muxlislari qalbidan o'rin egallagan.

Bugungi kunda kichik Ebue "Uotford" tizimida shug'ullanmoqda, "ko'klar" futbolchi uchun kattagina summa berishga tayyorlar. Taxminlarga ko'ra, yanvar oyidayoq Matis Ebue Londonga ko'chib o'tadi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tribalfootball.com