"Arsenal" sobiq futbolchisi yuragi bilan bog'liq muammolar tufayli kasalxonaga yotib chiqdi

Sherzod Nurmatov
29 may 2025
Dortmundning "Borussiya", Londonning "Arsenal" klublari va Chexiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Tomash Rosicki o'tgan hafta yurakdagi muammolar tufayli zudlik bilan reanimaciya bo'limiga yotqizilgandi.

Klubning o'zi 44 yoshli sobiq futbolchi va Praganing "Sparta" klubining amaldagi sport direktori holatini tasdiqladi. Rasmiy bayonotda takidlanishicha, jarrohlik amaliyoti talab qilinmagan va Rosicki o'tgan hafta oxirida shifoxonadan chiqqan.

"Bu holat meni salomatlikka yanada mas'uliyatli munosabatda bo'lish zarurligi haqida o'ylashga majbur qildi. Nosog'lom turmush tarzi, jismoniy faollikning etishmasligi va oilaviy moyillik rol o'ynadi", – dedi Rosicki.

U to'liq tuzalib ketishini kutayotgani, ammo sport direktori vazifasini to'liq bajarishga hali tayyor emasligini ta'kidladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sparta.cz