

22 yoshli sloveniyalik futbolchi London klubining hujum chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy transfer nishoni hisoblanadi. Tomonlar kelishuvga erishishga qiziqish bildirmoqda.
Biroq transfer summasi bo'yicha hali kelisha olmadi: "Arsenal" 70 million evroni bir necha transhda to'lashga tayyor, "Leyptsig" esa yana 10 million evro ko'proq olishni xohlaydi.
"Kanonirlar" uchun yana bir variant – "Sporting"dan Viktor Dokereshni sotib olish. Inglizlar ikki o'yinchi bo'yicha parallel ravishda muzokara olib bormoqda.
O'tgan Bundesliga mavsumida Sheshko 33 o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.



