

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. London klubi himoyachi Vilyam Saliba bilan shartnomani uzaytirdi. Endilikda 21 yoshli Fransiya terma jamoasi o'yinchisining yangi bitimi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
"Arsenal" shuningdek 19 yoshli yarim himoyachi Charli Patino bilan shartnomani bir yilga uzaytirdi.
Saliba joriy mavsum londonliklar safida 18ta o'yinda 2ta gol urdi. U Fransiya terma jamoasi bilan JCH-2022ga bordi, ammo Qatardagi turnirda faqatgina bir marta maydonga chiqdi.
Yosh Patino esa ijara asosida "Blekpul"da o'ynaydi. U chempionshipda 19ta o'yinda 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.



