"Arsenal" Roberto bo'yicha so'rov yubordi. Serji mavsum so'nggiga qadar "Barselona"da qolmoqchi

Narzulla Saydullayev
31 dek 2023
Serji Roberto "Arsenal"ga o'tishi mumkin.

"Kanonirlar" "Barselona" himoyachisi bo'yicha murojaat yo'llashdi. London klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta 31 yoshli futbolchini yuqori baholaydi.

Shu bilan birga, Robert mavsum so'nggiga qadar "Barselona"dan ketmoqchi emas. Tomonlar bahor so'nggi yoki yoz boshlarida rejalarni muhokama qilishadi va jamoani o'zgartirish fikriga kelinsa o'yinchi APLda o'ynashga qarshi emas.

Roberto joriy mavsum La Liga doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Diario Sport