"Arsenal" Remsdeyl bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
10 may 2023
"Arsenal" darvozabon Aaron Remsdeylga yaxshilangan yangi shartnoma taklif qilish niyatida.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan. Biroq londonliklar golkiperni muvaffaqiyatli mavsum uchun munosib taqdirlamoqchilar.

Bu mavsum 24 yoshli angliyalik kiper "kanonirlar" safida 38 o'yinda ishtirok etib, 42 ta gol o'tkazib yubordi va 14 marta darvozasini "quruq" saqlab qoldi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: talksport.com