"Arsenal" "Real" o'yinchisini yana bir yil jamoada saqlab qolmoqchi

Alisher
22 apr 2020
"Arsenal"da ijara asosida o'ynayotgan "Real" futbolchisi Dani Sebalos Londonda qolishi mumkin.

"Kanonirlar" 23 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan tuzilgan shartnomani yana bir yilga uzaytirishmoqchi va klub Danini o'zini ko'rsatishiga ishonmoqda.

Eslatib o'tamiz, o'yinchi uchun shuningdek "Valensiya" va "Milan" klublari ham raqobatlashmoqda.

Sebalos joriy mavsum APL doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Star