"Arsenal" "Real" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Mirjalol Normatov
12 iyul 2019
"Arsenal" "Real" yarim himoyachisi Dani Sebalos bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "kanonirlar" 22 yoshli futbolchi bilan muzokaralar olib borishmoqda. Hozirda ispaniyalikning xizmatlariga "Tottenxem", "Liverpul" va "Milan" kabi klublar tomonidan ham qiziqishlar bo'lmoqda.

O'tgan mavsumda Sebalos Primeroda 23 o'yinda qatnashib, o'z hisobiga 3 gol yozdirib qo'ygandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports