

"Kanonirlar" 27 yoshli hujumchi borasida Kataloniya klubiga ko'p millionlik taklif tayyorlamoqda. Qayd etilishicha, "Barselona" o'yinchini 50 million evrodan kamiga sotishga tayyor emas.
Rafinya 2022 yilning yozidan beri "Barselona"da o'ynaydi. Braziliyalik o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 9ta assist qayd etdi.
Futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



