"Arsenal" qatorasiga 4 uchrashuvda g'alaba qozonolmadi. Rahbariyat yangi murabbiy bilan bog'landi

"To'pchilar" EL guruh bosqichi 4-turida Portugaliyaning "Viktoriya Gimaraesh" (1:1) klubi bilan durang o'ynashdi.

Bu bilan London klubi barcha musobaqalarda qatorasiga to'rtinchi uchrashuvida durang qayd etdi. So'nggi 6 uchrashuvdan faqat bittasida g'alaba qozonilgan. Jamoa rahbariyati mazkur natijalardan norozi va ular portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo bilan bog'lanib ulgurishgan.


Manba: sports.ru