

RMC xabariga ko'ra, londonliklar 29 yoshli posbon uchun 15 mln. evro berishga tayyorlar. “Arsenal” rahbariyati lissabonliklarga rasmiy taklif bilan ham murojaat qildi. Lekin hozircha bunga javob olgani yo'q.
Ma'lumot uchun, Patrisiuning “Sporting” bilan shartnomasi 2022-yilning yozida yakunlanadi. Joriy mavsumda Ruy Portugaliya chempionatida 31ta uchrashuvda maydonga tushib, 33ta gol o'tkazib yubordi.



