"Arsenal" o'yinchisining agenti Barselonada va uning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda

Alisher
23 dek 2020
"Arsenal" himoyachisi Shkodran Mustafi qishki transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

"Hozirda Barselonadaman, oldin yozishganidek Yusuf Demir uchun emas, bu "Arsenal" o'yinchisi Mustafi sabab, men uning vakiliman", - deydi Oztyurk.

Qayd etish kerakki, 28 yoshli germaniyalik futbolchi "Arsenal"da etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti.

Mustafi joriy mavsum barcha musobaqalarda 8ta o'yinda maydonga tushdi. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: ZRAFC