

Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
"To'pchilar" 22 yoshli forvardning o'yinini kuzatish uchun chorshanba kungi Chempionlar Ligasi doirasidagi uchrashuvga skautlarini yubordi. Shveytsariyalik futbolchiga davogarlar orasida, shuningdek, Italiyaning "Milan" va Angliyaning "Lids" klublarini ko'rish mumkin.
Okafor ushba mavsumda Avstriya jamoasi uchun turli musobaqalarda 18 ta o'yinda ishtirok etdi va 9 ta gol urishning uddasidan chiqdi. Uning hisobida 2 ta assist ham mavjud.



