"Arsenal" Niko Uilyams bilan muloqot qilmoqda. "Atletik" vingeriga "Bavariya" ham befarq emas

Alisher
15 mar 2025
Niko Uilyams "Arsenal" e'tiboriga tushdi.

London klubi vakillari "Atletik" vingerining agentlari bilan aloqada bo'lib turibdi. Shuningdek, Ispaniya terma jamoasi futbolchisini "Bavariya" ham o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Takidlanishicha, Uilyamsning shartnomasida 60 mln evrodan 80 mln evrogacha tovon puli ko'zda tutilgan.

Niko joriy mavsum La Ligada 23ta o'yinda maydonga tushib, 5ta golga assistentlik qildi.


AlisherMuallif
Manba: x.com/cfbayern