“Arsenal” NʼGolo Kanteni yozda tekinga olmoqchi

Alisher
18 apr 2023
“Chelsi” yarim himoyachisi NʼGolo Kante yozda Londonning boshqa jamoasiga ko'chib o'tishi mumkin.

Yozda shartnomasi tugaydigan Fransiyalik yarim himoyachini “To'pchilar” erkin agent sifatida jamoaga qo'shib olmoqchi.

Avvalroq, “Chelsi” yarim himoyachiga yangi shartnoma berishga tayyor ekanligini ma'lum qilgandi. NʼGolo Kante “Ko'klar” safida 2016 yildan beri harakat qilib keladi. U bu mavsumda jarohat sababli deyarli maydonga tushmadi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com