"Arsenal" Neveshga 5 yillik shartnoma taklif qildi

Alisher
10 iyul 2021
"Vulverxempton" xavbeki Ruben Nevesh faoliyatini Londonning "Arsenal" klubida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, tomonlar muzokaralar olib borishmoqda va London klubi portugaliyalik futbolchiga 5 yillik shartnoma taklif qildi.

24 yoshli o'yinchi faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin bo'lgan Granit Jakaga o'rinbosar bo'lishi mumkin.

Nevesh o'tgan mavsum 40ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira