"Arsenal" "Napoli" hujumchisi Insineni kuzatmoqda

Aslanov Jasurbek
21 fev 2017, 13:45
"Napoli" hujumchisi Lorenco Insine "Arsenal" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, skautlar "Kevo"ga qarshi o'tgan A Seriyaning 25-tur uchrashuvida (3:1) futbolchini kuzatishgan.

"Napoli" rahbariyati Insineni sotmoqchi emas va unga yangi shartnoma taklif qilish niyatida, ammo tomonlar hozircha kelisha olishmayapti. Klubda italiyalikka 3,2 mln. evrolik maosh taklif qilishmoqda, biroq Lorenco yiliga 5 mln. evrodan kam maosh olmoqchi emas.

Insine va "Napoli" o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozida yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzamercato