"Arsenal" Mxitaryanni qanchaga narxlagani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
12 apr 2020
Yarim himoyachi Genrix Mxitaryan "Roma"ga kerak.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, "Arsenal" 31 yoshli futbolchining Rim klubiga transferi orqali 25 mln evro ishlab olmoqchi. "Roma" esa buncha mablag' to'lay olmaydi, shu boisdan qaysidir futbolchisini "Arsenal"ga berib yuborishni yoki transferni amalga oshirmaslikni istamoqda.

Ayni damda Mxitaryan "Roma"da ijara asosida o'ynamoqda. U rimliklar tarkibida 13 o'yinda 6 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato