

Jarohatlangan fransiyalik hujumchi Aleksandr Lyakazett “Arsenal” mashg'ulotlariga qaytdi. Hujumchi umumiy guruhda shug'ullanishni boshladi. Qayd etilishicha, Lyakazett Yevropa Ligasining 1/4 finali doirasida SSKAga qarshi o'tadigan o'yinda maydonga tushishi mumkin. O'yin 5-aprelda bo'lib o'tadi.



