"Arsenal" "Milan" yetakchilaridan biriga qiziqish bildirmoqda

Alisher Ostonov
25 may 2025, 15:47
"Arsenal" yozgi transferlar oynasi oldidan "Milan" hujumchisi Rafael Leauni o'z short-listiga kiritdi.

London klubi vingerga qiziqish bildirayotganiga qaramay, u "kanonirlar" uchun ustuvor variant emas. Ammo, 10 kuncha avval "Arsenal" sport direktori Andrea Berta Leau bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Leau joriy mavsum barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 13 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 75 mln evroni tashkil etadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Footmercato