"Arsenal" Meytlend-Naylsni sotib yuborishga tayyor

Mirjalol Normatov
25 avg 2022
"Arsenal" rahbariyati yarim himoyachi Eynsli Meytlend-Naylsni yozgi transferlar oynasi vaqtida sotib yuborishni istamoqda.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, u Mikel Artetaning rejalarida yo'q. Shu sababli u o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Roma"da ijara asosida o'tkazgandi.

Ayni damda 24 yoshli futbolchiga "Sautgempton" hamda "Bornmut" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Ularning ikkisi ham futbolchi uchun kurash olib borishyapti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph