"Arsenal" Meytland-Naylsning ketishini tasdiqladi

Оқил Абдубарноев
16 iyun 2023
Londonliklar rasmiy sayti xabariga ko'ra, "Arsenal" yarim himoyachisi Eynsli Meytland-Nayls jamoani tark etadi.

25 yoshli futbolchining shartnomasi iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Eynsli 2014 yilda "kanonirlar" safida debyut qilgan. O'shandan beri yarim himoyachi londonliklar tarkibida 132 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

2022/23 yilgi mavsumda Meytlend-Naylz “Sautgempton” safida ijara asosida o'ynadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: arsenal.com