"Arsenal" "Lill" futbolchisi uchun 80 million evro to'lashga tayyor

Mirjalol Normatov
14 iyul 2019, 15:57
"Lill" hujumchisi Nikolya Pepe faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

"L’Equipe" xabariga ko'ra, "Arsenal" Fransiya jamoasiga 24 yoshli futbolchi borasida 80 million evrolik taklif jo'natgan. "Kanonirlar" bir necha transferlar oynasi mobaynida Pepe bilan muzokaralar o'tkazmoqda.

Nikolya Pepe o'tgan mavsum Liga 1'da 37 o'yinda qatnashib, 22 gol urdi va to'purarlar ro'yxatida ikkinchi o'rinni egalladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe