"Arsenal" kutilmaganda Xavertc o'rniga futbolchi izlashni boshladi

Aslanov Jasurbek
20 avg 2025
"Arsenal" transfer bozorida faollashishga majbur.

London klubining hujumkor yarim himoyachisi Kay Xavertc tizza jarohati sababli bugungi mashg'ulotda ishtirok etmadi, deb xabar beradi The Athletic. Nemis futbolchisi qancha vaqtga safdan chiqqani hozircha aniq emas. Shu bilan birga, "kanonirlar" allaqachon Xavertc o'rniga futbolchi topish maqsadida transfer bozorini ko'rib chiqayotgani qayd etilmoqda.

O'tgan mavsumda Kay jarohat tufayli fevral boshidan may oyining ikkinchi yarmigacha o'ynamagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic