

Futbolchi "Arsenal"ning qiziqishlari doirasida.
"Evening Standard" xabariga ko'ra, londonliklar fransiyalik yarim himoyachini ijaraga olish istagida. "Real" hali javob bermadi, ammo yarim himoyachiga o'yin amaliyoti etishmayapti.
London klubi egalari murabbiy Mikel Artetani transfer bozorida qo'llab-quvvatlashga tayyor, chunki "Arsenal" 2004 yildan beri birinchi marta Premer-liga chempionligiga davogarlik qilmoqda.
Eduardo Kamavinga joriy mavsum "Real" safida 27 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 50 million evroga baholamoqda.
"Arsenal" 22 yanvar kuni "Emireyts" stadionida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.



