“Arsenal” Jelson Martinshni sotib olmoqchi

Portugaliyalik futbolchi APLga ko'chib o'tishi mumkin.

“Atletiko Madrid” zaxirasida qolib ketayotgan Jelson Martinsh faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Futbolchiga Londonning “Arsenal” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Kanonirlar” uni yanvardayoq o'z safiga qo'shib olishga harakat qilib ko'radi.

Eslatib o'tamiz, Martinsh 2018 yil yozida “Sporting”dan “Atletiko”ga o'tgandi. U bu orada faqat bir marta Madrid klubi asosiy tarkibida maydonga tushdi.


Manba: The Mirror