"Arsenal" iqtidorli futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishga jiddiy kirishgan

Sherzod Nurmatov
16 iyun 2025
Londonning "Arsenal" klubi chap qanot himoyachisi Maylz Lyuis-Skelli bilan kelishuvni uzaytirishga ishonmoqda.

18 yoshli futbolchining shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 

Avvalroq "Real" futbolchini bir yildan so'ng erkin agent sifatida qo'lga kiritishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Ammo insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, London klubi Maylz bilan yangi shartnoma tuzishiga ishonchi komil, chunki muzokaralar allaqachon rivojlangan bosqichda.

Futbolchi o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 23 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano