"Arsenal" himoyachisiga "Fenerbaxche" qiziqish bildirmoqda

Alisher
21 dek 2020
"Arsenal" himoyachisi Sokratis Papastatopulos Turkiya chempionatiga yo'l olishi mumkin.

Fotomac'ning yozishicha, 32 yoshli futbolchiga "Fenerbaxche" klubi faol tarzda qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi londonliklarning APL uchun qaydnomasidan chetda qoldi, shu sabab klub u bilan qishda xayrlashishni xohlashi ehtimoli katta.

Himoyachi o'tgan mavsum Angliya chempionati doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Fotomac