“Arsenal” himoyachisi Shomurodovning jamoadoshiga aylanishga yaqin

Eldor Akmurzayev
10 yanv 2021
Calcio Mercato manbasiga ko'ra, “to'pchilar” a'zosi Shkodran Mustafi “Jenoa”ga o'tishi kutilmoqda.

28 yoshli germaniyalik ijara asosida mavsum oxirigacha genuyaliklar safiga kelib qo'shiladi.

U joriy mavsum klub libosida 9 o'yinda maydonga tushdi. Avvalroq, “Jenoa” "Arsenal" qaydnomasidan chetda qolgan Sokratis Papastatopulos ham qiziqish bildirayotgandi.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Calcio Mercato