"Arsenal" Genduzi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
25 iyul 2020, 12:40
"Arsenal" Matteo Genduzi bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Klub 21 yoshli fransiyalik futbolchining arzon mablag' evaziga boshqa klubga o'tishidan xavfsiramoqda va shu sabab uning maoshini oshirib, shartnoma imzolamoqchi.

Murabbiy bilan kelisha olmayotgan Genduzining "Arsenal" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Francuz joriy mavsum APL doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun