"Arsenal" Feliksni ijaraga olishga tayyor

Mirjalol Normatov
8 yanv 2023
"Arsenal" va "Atletiko" Joau Feliksning ijarasi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Bunga qadar "matraschilar" futbolchisini boshqa jamoalarga 20 mln evrodan kamiga ijaraga bermasligini aytgan. Ammo "Daily Mail" nashrining yozishicha, "Arsenal"ga bu summa maqul kelmagan va shu sababli narxni pasaytirishga uringan. "Kanonirlar" Feliksni 5 mln funtga ijaraga olib, 70 mln funtga sotib olish variantini taklif qilgan. 

London klubi qishda Feliksdan tashqari "Shaxtyor" futbolchisi Mixail Mudrikni ham ijaraga olmoqchi.

Ushbu mavsumda Joau "Atletiko" tarkibida 19 o'yinda qatnashib, 5 gol va 3 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal