

"Arsenal" PSJ bilan Evro g'olibi, ispaniyalik yarim himoyachi Fabian Ruisning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda "Football Transfers" xabar berdi.

Hozirda "kanonirlar" futbolchi bilan to'liq shartnoma imzolay olmaydi. "To'pchilar" parijliklarga futbolchini sotib olish majburiyati bilan ijaraga olishni taklif qilmoqda.
28 yoshli xavbek o'tgan mavsum barcha turnirlarda 35 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning PSJ bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha amal qiladi.



