"Arsenal" El Nenni bo'yicha "Galatasaroy"ning taklifini rad etdi

Alisher
9 sen 2021, 18:24
"Arsenal" yarim himoyachi Muhammad El Nennining transferi bo'yicha "Galatasaroy" taklifini rad etdi.

Istanbul klubi Misr terma jamoasi o'yinchisi bilan Turkiyadagi transfer oynasi so'nggiga qadar shartnoma imzolashni rejalashtirgan edi.

El Nennining "Arsenal" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq, Muhammad Turkiyada o'ynagan, u ijara asosida "Beshiktosh" klubida harakat qilgan.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports