"Arsenal" Edegorni saqlab qolmoqchi. "Real"ning qarori Zidanning klubda qolish yoki qolmasligiga bog'liq

Alisher
23 mar 2021
"Arsenal" "Real"dan ijaraga olingan yarim himoyachi Martin Edegorni saqlab qolmoqchi.

London klubi norvegiyalik futbolchining o'yinidan va uning jamoa tashqarisidagi ijobiy ta’siridan juda ham mamnun. "Arsenal" futbolchini saqlab qolishga harakat qiladi.

Mavsum so'nggida "kanonirlar" rahbariyati "Real" bilan bu borada muzokara olib boradi. Zinedin Zidanning klubdagi kelajagi madridliklarning qarorida muhim faktordir.

22 yoshli xavbek joriy mavsum APL doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano