

"Arsenal" klubi "Bayer" vingeri Mussa Diabiga qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi nemis jamoasi bilan aloqaga chiqishga ulgurgan. "Bayer" klubi esa futbolchini mavsum o'rtasida qo'yib yuborish niyatida emas. Yozda esa Diabi uchun klub 100 mln evro talab qilishni reja qilgan.
Ma'lumot uchun, Diabi – "Bayer" to'purari hisoblanadi. 23 yoshli futbolchi 15 uchrashuvda 6 ta gol urishga erishgan.



